Daryo

Fransiyaga qarshi bahs oldidan Marokash jiddiy yo‘qotishga uchradi

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

1 daqiqa o‘qish13 134 ko‘rishlar0 izoh12

Marokash milliy jamoasi hujumchisi Ismoil Saybari jarohatidan to‘liq tiklanishga ulgurmadi va Jahon chempionatining chorak finalida Fransiyaga qarshi maydonga tusha olmaydi. 

Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uabi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida Saybarining holati yuzasidan ma’lumot berdi:

“Saybaridan tashqari Marokash milliy jamoasining barcha futbolchilari Fransiyaga qarshi bahsga tayyor. Uning maydonga qaytishiga hali biroz erta. Umid qilamanki, hujumchimiz uchun turnir hali yakunlanmaydi”, dedi Uabi.

Eslatib o‘tamiz, Ismoil Saybari 1/8 finaldan o‘rin olgan Kanadaga qarshi o‘yinning (3:0) 22-daqiqasida jarohat olib, zaxiraga olingan edi. 6-iyul, dushanba kuni 24 yoshli futbolchi MRT tekshiruvidan o‘tdi va unda tizza osti payining yengil jarohati aniqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Saybari joriy musobaqa doirasida o‘tkazilgan beshta o‘yinda jami uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan hamda ayni paytda Jahon chempionatida marokashliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Fransiya — Marokash uchrashuvi bugun, 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar