Daryo

Superkompyuter JCH-2026 favoritlari ro‘yxatini yangiladi

Fransiya milliy jamoasining chempionlik imkoniyati avvalgiga nisbatan yana biroz pasaygan bo‘lsa-da (27,32 foiz), ular hamon chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

1 daqiqa o‘qish11 683 ko‘rishlar1 izoh7

AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi yakunlangach, Opta statistik portali turnir g‘olibligi uchun da’vogarlar reytingini yangiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Fransiya milliy jamoasining chempionlik imkoniyati avvalgiga nisbatan yana biroz pasaygan bo‘lsa-da (27,32 foiz), ular hamon asosiy favorit bo‘lib turibdi. Ispaniya milliy jamoasi 21,33 foizlik imkoniyat bilan ikkinchi o‘rinni band etgan. Eng asosiy o‘zgarish uchinchi pog‘onada yuz berdi: amaldagi Jahon chempioni Argentina o‘z imkoniyatlarini 17,28 foizga oshirib, Angliya milliy jamoasini (16,48 foiz) ortda qoldirdi va yana kuchli uchlikka qaytdi.

Quyi o‘rinlarda ham o‘zgarishlar kuzatilgan. Xususan, Shveysariya o‘z imkoniyatlarini biroz yaxshilab, Marokash va Belgiyani ortda qoldirgan holda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Superkompyuter talqiniga ko‘ra, JCH-2026 g‘olibligi uchun jamoalarning yangilangan imkoniyatlari quyidagicha:

  • Fransiya — 27,32%
  • Ispaniya — 21,33%
  • Argentina — 17,28%
  • Angliya — 16,48%
  • Norvegiya — 6,57%
  • Shveysariya — 3,78%
  • Marokash — 3,66%
  • Belgiya — 3,58%

Asosiy da’vogar hisoblangan Fransiya milliy jamoasi shu vaqtgacha o‘tkazilgan beshta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati esa ko‘pchilikni hayratda qoldirmoqda — 14:2. Fransuzlar turnir davomida ketma-ket Senegal (3:1), Iroq (3:0), Norvegiya (4:1), Shvetsiya (3:0) va Paragvay (1:0) milliy jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilgi Jahon chempionati 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar