Daryo

Qodirovning 18 yashar o‘g‘li “urushga qo‘shgan hissasi” uchun medalli bo‘ldi

Adam Qodirov hozirgacha qo‘lga kiritgan mukofotlari orasida “Checheniston Respublikasi himoyachisi” medali va “Ahmad Qodirov” ordeni ham bor. U 16 yoshida Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘lgandi.

1 daqiqa o‘qish3 868 ko‘rishlar0 izoh2

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam “Maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazishga qo‘shgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qodirovga mukofotni Rossiya gvardiyasi Maxsus vazifalar markazi boshlig‘i, general-mayor Pavel Kozayev topshirgan.

“U maxsus harbiy operatsiya (Rossiya Ukrainaga qarshi urushni shunday ataydi) zonasidagi vazifalarni bajarish uchun ko‘ngillilar va jangchilar tayyorgarlikdan o‘tadigan V.V.Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlar instituti kuratori sifatida Vatan himoyachilarini tayyorlash bo‘yicha eng muhim markazlardan birini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda”, dedi Dudayev.

Adam Qodirov hozirda 18 yoshda, u ikki yil avval Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘lgandi. Qodirovning o‘g‘li hozirgacha qo‘lga kiritgan mukofotlari orasida “Checheniston Respublikasi himoyachisi” medali va Chechenistonning oliy mukofoti — “Ahmad Qodirov” ordeni bor.

2023-yilda unga Checheniston qahramoni unvoni ham berilgan edi. U o‘sha paytda 15 yoshli o‘smir bo‘la turib, tergov hibsxonasida Qur’onni yoqishda ayblangan Nikita Juravelni kaltaklaganidan ko‘p o‘tmay, ushbu unvon bilan mukofotlangandi. Ma’lumot uchun, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning 29 nafar yaqin qarindoshi Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan beri jami 150 xil mukofot va faxriy belgilar olgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar