Daryo

Shri Lankadagi qamoqxonada to‘qnashuv sodir bo‘ldi, 25 kishi halok bo‘ldi (video)

Ikki guruh mahbuslar o‘rtasidagi janglar oqibatida 100 ga yaqin odam jarohatlandi.

1 daqiqa o‘qish3 394 ko‘rishlar0 izoh3

Shri Lankadagi qamoqxonalardan birida ikki guruh mahbuslar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Oqibatda 25 kishi halok bo‘ldi va 100 ga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda politsiyadagi ikkita va shifoxonadagi bitta manbaga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuvlar 5-iyul kuni boshlangan. Unda hukm o‘qilgan mahbuslar va hibsda saqlanayotgan shaxslar o‘zaro urushgan. Voqea poytaxt Kolombodan taxminan 35 kilometr shimolda joylashgan Negombo sohil bo‘yi shaharchasidagi qamoqxonada yuz bergan.

Tartibsizliklarga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Politsiya manbalarining bildirishicha, qamoqxona ichidagi hududlarni tozalash ishlari hamon davom etmoqda. Mas’ul xodimlar halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aniq hisob-kitobini olib bormoqda.

“Politsiyaga yordam berish uchun harbiylardan ko‘mak so‘ralgan. Ayni daqiqalarda ular shay holatda turibdi”, dedi armiya vakili, brigada generali Varuna Gamage.

Derana TV telekanali tasvirlarida qamoqxona darvozasi tashqarisida ko‘plab politsiya kuchlari safarbar etilganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ularda jarohatlangan mahbuslarni olib ketayotgan politsiya avtobusi binoni tark etgani va avtobus ichidagi ba’zi mahbuslar polga yotqizilgan holatda bo‘lgani tasvirlangan.

Avvalroq Venesuelaning Barinas shtatida mahbuslar tergov izolyatorini egallab olib, isyon ko‘targani haqida xabar berilgandi. Voqea 24-may kuni sodir bo‘lgan. Namoyishlarda 1,2 ming erkak va 100 nafar ayol qatnashgan. Isyonga bir hafta oldin qamoqxonaning yangi direktori etib tayinlangan Elvis Makure Gerrero sabab bo‘lgan. U kelishi bilan mahbuslar qiynoqqa solingani, kaltaklangani va tintuv holatlari kuzatilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar