Daryo

Ramzan Qodirov Nursulton Ro'ziboyevga avtomobil sovg‘a qildi

Checheniston rahbari egalik qiluvchi “Axmat” klubi O‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyevni taqdirladi.

1 daqiqa o‘qish7 938 ko‘rishlar0 izoh4

O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tegishli bo‘lgan “Axmat” jangovar klubi tomonidan yangi “Roewe M7 DMH” rusumidagi avtomobili sovg‘a qilindi.

Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi:

“Yutsang unday qilaman, bunday qilaman deb va’da beradiganlar ko‘p, lekin jang natijasiga qaramasdan sovg‘a beradiganlar ham bor”, deydi Ro‘ziboyev.

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev professional faoliyati davomida (2015-yildan buyon) aynan “Axmat” klubi sharafini himoya qilib keladi. U 27-iyun kuni Baku shahri (Ozarbayjon) mezbonlik qilgan UFC Fight Night 280 turnirida rossiyalik Andrey Pulyayevga qarshi oktagonga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq bog‘ish usuli evaziga taslim etgan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar