Daryo

Buxoroda 30 ming o‘rinli futbol stadioni quriladi

Inshoot nafaqat futbol uchrashuvlari, balki yirik respublika va xalqaro sport musobaqalariga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish6 873 ko‘rishlar0 izoh8

Buxoro viloyatida 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy markaziy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Loyiha Xitoyning China CAMC Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, yangi stadion Buxoro tumanidagi “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etiladi. Hozirda mazkur sport majmuasi uchun loyiha ishlari boshlab yuborilgan.

Yangi stadion xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Inshoot nafaqat futbol uchrashuvlari, balki yirik respublika va xalqaro sport musobaqalariga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar