Daryo

Superliga. “Buxoro” o‘z maydonida ”OKMK”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-tur doirasida yana bir qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi.

1 daqiqa o‘qish4 288 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-tur uchrashuvlari doirasida yana bir qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Buxoroning “Buxoro” jamoasi Olmaliqning “OKMK” klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. Temur Mamasidiqov burchakdan uzatgan to‘pni Sherzod Esanov boshi bilan Javohir Ilyosov qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limining 90+6 daqiqasida mezbonlar hujumchisi Vladimir Rodich o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 2:0.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Buxoro” 30 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda ko‘tarilib oldi. “OKMK” esa 28 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

“Buxoro” 18-tur doirasida o‘z uyida “Neftchi”ni qabul qiladi. “OKMK” esa Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 17-tur

“Buxoro” — “OKMK” 2:0Gollar: 1:0 — Esanov (45+2), 0:2 — Rodich (90+6).

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar