Daryo

“Mahalla yettiligi”ning takrorlovchi va ortiqcha vazifalari xatlovdan o‘tkaziladi

1-iyuldan ular faoliyatini samarali tashkil etishning yangi tartibi joriy etiladi. “Mahalla yettiligi”ning ayrim a’zosi qo‘shimcha rag‘batlantiriladi. “Mahalla” atamasini YUNESKOning nomoddiy boyliklar ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘riladi.

2 daqiqa o‘qish5 096 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyuldan boshlab “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etishning yangi tartibi joriy etiladi.

Prezidentning “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 1-iyuldan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, mas’ul idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududiy dasturlarni tayyorlash hamda ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi beriladi.

Mahallada yashovchi 1-marotaba ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan fuqarolarga ularning oilaviy sharoitidan kelib chiqib, fuqarolar yig‘ini kengashining kollegial qarori asosida shaxsga nisbatan yengillik berish to‘g‘risida qilingan murojaat sud-tergov organlari tomonidan qanoatlantirilgan hollarda:

  • “mahalla yettiligi” kafillikka olingan shaxsni qayta tarbiyalash, zarur hollarda, kasbga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ta’limga yo‘naltirishga mas’ul bo‘ladi;
  • kafillikka olingan shaxs 3 yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, “mahalla yettiligi”ning shaxsni tarbiyalashda faollik ko‘rsatgan a’zosini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Uyushmaning tuman (shahar) bo‘limi boshliqlariga “mahalla yettiligi” faoliyatiga aralashganlik, ularni xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etganlik uchun tuman (shahar) hokimlariga taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.

Mahalla faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da keltirilishicha, “mahalla yettiligi” a’zolarining mahallalarda vaholatlarini takrorlovchi yoki ortiqcha vazifalarini xatlovdan o‘tkazish hamda o‘zaro hamkorlikdagi ish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi.

Ya’ni, 2026-yil iyulda “mahalla yettiligi” a’zolariga yuklatilgan vazifalar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. Avgust oyida “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash hamda faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Hujjatga ko‘ra, “mahalla” atamasini YUNESKOning nomoddiy boyliklar ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘riladi. Avgustda bu borada tegishli hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Sentyabrda Turkiya bilan hamkorlikda “Mahalla” istilohini YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezantiv ro‘yxatiga kiritish bo‘yixha muzorakaralar o‘tkaziladi.

Xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar, o‘zbek diasporasi yetakchilari orasida “mahalla elchisi” jamoatchilik lavozimi joriy etiladi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar