Daryo

Maxsus komissiya Toshkentda chang-to‘zondan ogohlantirdi

Poytaxtda kuchli shamol ortidan havodagi PM10 chang zarrachalari miqdori vaqtincha ortishi mumkin. Mutaxassislar xavf guruhiga kiruvchi fuqarolarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.

1 daqiqa o‘qish6 360 ko‘rishlar0 izoh3

Maxsus komissiya va “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 27-iyunda Toshkent shahriga nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin.

Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda shamol tezligi 3–8 metr/sekundni tashkil etib, ayrim hududlarda 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi ehtimoli bor. Buning oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari (xususan, PM10) miqdori vaqtincha ortadi.

Biroq kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik hisobiga atmosfera havosi asta-sekin changdan tozalanadi.

Mutaxassislar nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya hamda yurak-qon tomir tizimi muammolari bor fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda. Ularga zarurat bo‘lmasa uzoq vaqt ochiq havoda yurmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda niqoblardan foydalanish maslahat berilgan.

Hozirda havo holati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar