Daryo

O‘zbekistonda Amazon Leo sun'iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi

Raqamli texnologiyalar vaziri endi chekka hududlarda ham internet yuqori tezlikda ishlashini aytdi.

1 daqiqa o‘qish7 486 ko‘rishlar0 izoh7

Oʻzbekistonda AQSHning Amazon kompaniyasi tomonidan yaratilgan Amazon Leo sunʼiy yoʻldosh interneti ishga tushiriladi. Bu haqda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 16-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Daryo”ga maʼlum qildi.

Vazirning aytishicha, yaqin kunlarda sunʼiy yoʻldosh internetini ulash boʻyicha kelishuvga erishilishi kutilmoqda.

“Amazon’ning Low earth orbit (Leo) interneti sifat, raqobat va baʼzi parametrlar jihatdan Starlinkʼdan oʻtib ham ketadi. Biz Amazon Leo internetini ishga tushiryapmiz. Shu hafta kelishuvni imzolaymiz. Keyin Amazon Leo terminallaridan Oʻzbekiston hududida bemalol foydalanish imkoniyati boʻladi. Uzoq, togʻli va choʻl hududlarining barchasida sifatli, yuqori tezlikda ishlaydigan mobil internetga ega boʻlasizlar”, dedi vazir.

Sherzod Shermatov
Foto: “Daryo”

Sherzod Shermatov Oʻzbekistonda Amazon Leo 2026-yilda ishga tushirilishi mumkinligini bildirdi.

Avvalroq iqtisodchilar Botir Qobilov va Behzod Hoshimov Oʻzbekistonda Starlink sunʼiy yoʻldosh internetini ishga tushirish kerakligini aytgandi.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar