Daryo

Toshkentda eng koʻp ish oʻrni qaysi sohada yaratilgani maʼlum boʻldi

Poytaxtda iqtisodiy faol aholi soni 1,6 mln nafarga yetgan.

1 daqiqa o‘qish3 705 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida eng koʻp ish oʻrni ulgurji va chakana savdo sohasida yaratilgan. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Tahlilga koʻra, mazkur tarmoqda 241,6 ming kishi faoliyat yuritmoqda. Son jihatdan keyingi oʻrinni ishlab chiqarish sanoati egallagan boʻlib, sohada 188,9 ming kishi mehnat qiladi.

Oʻz navbatida qurilish (161,2 ming kishi) va taʼlim (139,4 ming kishi) sohalarida ishlayotganlar ulushi nisbatan yuqori.
Hozirda poytaxtda davlat boshqaruvi, mudofaa hamda majburiy ijtimoiy taʼminot yoʻnalishida 118,6 ming kishi, tashish va saqlash boʻyicha 103,1 ming kishi faoliyat koʻrsatadi.

Statqoʻm yana boshqa qator sohalar boʻyicha ham raqamlarga keltirgan. Xususan, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishida 79,1 ming kishi, yashash va ovqatlanish tarmogʻida 77,1 ming kishi ish oʻrni bilan band. Qolgan soha va tarmoqlarda ish bilan bandlar soni quyidagicha:

  • professional, ilmiy va texnik faoliyat — 71,2 ming kishi;
  • axborot va aloqa — 71,1 ming kishi;
  • moliyaviy va sug‘urta faoliyati — 43,5 ming kishi;
  • boshqarish bo‘yicha faoliyat va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish — 33,1 ming kishi;
  • ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar — 31 ming kishi;
  • tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 29,3 ming kishi;
  • san’at, ko‘ngil ochish va dam olish — 20,1 ming kishi;
  • suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 13,5 ming kishi;
  • elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 7,7 ming kishi;
  • qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 5,8 ming kishi.

Statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2025-yilda Toshkent shahrida iqtisodiy faol aholi soni 1,6 million nafarni tashkil etgan. Bu raqam bir yil avvalgidan 103,4 ming nafarga ortgan. 

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar