Daryo

Surxondaryodagi suv omborida qayiq ag‘darilib, bir kishi cho‘kib ketdi

Qayiqda bo‘lgan 4 kishi qirg‘oqqa suzib chiqqan. Hodisa sabablari yuzasidan prokuratura, IIB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

1 daqiqa o‘qish10 043 ko‘rishlar0 izoh0

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 1-iyun kuni soat 17:30 atrofida sodir bo‘lgan. 112 tizimi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, suv omborida qayiq ag‘darilib, undagi fuqarolar suvga tushib ketgan.

Voqea joyiga yetib borgan FVB qutqaruvchilari qayiqdagi 5 nafar fuqarodan 4 nafari qirg‘oqqa suzib chiqqanini aniqlagan. Bir fuqaro esa suvdan chiqolmay qolib, cho‘kib ketgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan qutqaruvchilar tomonidan suv havzasida keng ko‘lamli qidiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda voqea joyida Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi, IIB va FVB xodimlari tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

31-may kuni yuk tashish uchun mo‘ljallangan elektromoped haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida unda bo‘lgan 8 nafar fuqaro bilan Paxtachi tumani “Ukrach” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Narpay kanaliga tushib ketgandi.

Ulardan 4 nafari aholi tomonidan qutqarilgan. Qutqaruvchilar va aholi ko‘magida suvda qidiruv ishlari davomida qolgan 4 nafar fuqaro (bolalar) halok bo‘lgani aniqlanib, kanaldan olib chiqilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar