Daryo

Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

Eng ko‘p unvonni Ramzan Qodirov olgan. U 41 oy ichida 31 ta medalga loyiq ko‘rilgan

1 daqiqa o‘qish13 160 ko‘rishlar0 izoh0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning 29 nafar yaqin qarindoshi Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan beri jami 146 xil mukofot va faxriy belgilarni olgan. Bu haqda Meduza nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, eng ko‘p mukofotning egasi — Ramzan Qodirovning o‘zi. Atigi 41 oydan sal ko‘proq vaqt ichida unga 31 ta medal topshirilgan (bu oiladagi barcha mukofotlarning 21,2 foizini tashkil etadi). Bu shuni anglatadiki, Checheniston rahbari o‘rtacha har 40 kunda bir marotaba mukofotlanadi.

Foto: Reuters

Ikkinchi o‘rinda esa Checheniston rahbarining o‘g‘li — otasining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rilayotgan Adam Qodirov turibdi. Adam 16 ta medal va faxriy belgilar olgan. Qodirovning o‘g‘li unvonlarning yarmi 2023-yilning oktyabr–noyabr oylarida Grozniy tergov izolyatorida mahbus Nikita Juravelni do‘pposlaganidan keyin olgan.

Uchinchi o‘rinda Checheniston rahbarining qizi Ayshat Qodirova turadi. U 2022-yil fevralidan beri 10 ta mukofot olgan.

Qodirovlar oilasi mukofotlarining katta qismini — 82 tasini davlat va asosan ichki Checheniston mukofotlari tashkil etadi. Qodirov va uning yaqinlari yana 30 ta medal va faxriy belgini turli idora va vazirliklardan olgan. Bu medallarning aksariyati kuch tuzilmalariga tegishli.

Qodirovlar 21 ta mukofotni tashkilot va institutlardan, 11 tasini esa Rossiya tayinlagan Ukrainaning anneksiya qilingan hududlari (DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlari) ma’muriyatlaridan, bittadan esa Liviyadagi hukumat va qisman tan olingan Janubiy Osetiya hukumatidan olgan.

Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, chechen amaldorlarining o‘zlari respublika rahbarining oilasi a’zolarini mukofotlashni so‘rashadi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar