Daryo

Ramzan Qodirov o‘g‘liga Checheniston oliy mukofoti topshirildi

16 yashar Adam Qodirovning “yuksak axloqiy fazilatlari va ishga sadoqati” e’tirof etildi

1 daqiqa o‘qish8 786 ko‘rishlar0 izoh0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adamga respublikaning oliy mukofoti — Ahmad Qodirov ordeni berildi. Bu haqda milliy siyosat va tashqi aloqalar vaziri Ahmad Dudayev xabar berdi.

Foto: @dustum / Instagram
“Bu uning yuksak axloqiy fazilatlari va ishga sadoqatining munosib e’tirofidir”, deydi Ahmad Dudayev.

U Adam Qodirovni vatanparvar deb atadi va “haqiqiy musulmon hamda chechen bo‘lib, o‘zining shonli urug‘ini munosib namoyish etayotgani”ni bildirdi.

Chechenistondan “Yedinaya Rossiya” partiyasi deputati Adam Delimxanov ham uni tabriklab, “zamonaviy yosh avlodning yorqin vakillaridan biri” deb ta’rifladi. Shuningdek, “ko‘rsatilgan ishonchni to‘liq oqlashiga, bundan buyon ham xalq va respublika farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilishiga” ishonch bildirdi.

  • Orden 2004-yilda Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad Qodirov xotirasiga bag‘ishlab ta’sis etilgan. Mukofot “davlatchilikni rivojlantirish, mehnatdagi yutuqlar, xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, Chechenistonning gullab-yashnashi va shuhratiga hissa qo‘shish kabi alohida xizmatlari uchun atoqli davlat va jamoat arboblari, fuqarolar va tashkilotlarga” topshiriladi.
  • Ramzan Qodirov va uning 18 yoshli o‘g‘li, respublika yoshlar ishlari vaziri Ahmad ham mazkur orden bilan taqdirlangan.
  • Adam Qodirov 16 yoshda. O‘tgan oktyabr oyida unga Checheniston Qahramoni unvoni berilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar