Daryo

O‘zbekistonda uch oyda 160 dan ortiq erkak 60 yoshdan keyin ota bo‘ldi

Yanvar–mart oylarida 162 nafar 60 yoshdan oshgan erkak farzandli bo‘lgan, ulardan 14 nafari esa 70 yoshdan oshgan otalar hisoblanadi.

2 daqiqa o‘qish3 639 ko‘rishlar0 izoh1

Mamlakatda keksaygan chog‘ida farzand ko‘rib, ota bo‘lish baxtiga erishayotganlar soni barqaror yuqori sur’atda saqlanib qolmoqda. Xususan, joriy yilning dastlabki uch oyida 60 yosh va undan katta bo‘lgan 162 nafar erkak ota bo‘ldi. Ularning 14 nafari 70 yoshlik dovondan o‘tgan otalardir.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida respublika bo‘yicha jami 191 086 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

Tug‘ilishlarning otalar yoshi kesimidagi taqsimoti:

  • 25 yoshgacha — 16 398 nafar;
  • 25–39 yosh — 158 984 nafar;
  • 40–59 yosh — 15 542 nafar;
  • 60 yosh va undan kattalar — 162 nafar (shundan 70 yoshdan oshganlar — 14 nafar).

O‘tgan yil bilan solishtirganda

2025-yil davomida O‘zbekistonda jami 879 599 ta tirik tug‘ilish holati ro‘yxatga olindi. Yil davomida 60 yoshdan oshgan 638 nafar erkak farzandli bo‘lgan bo‘lib, ulardan 48 nafari 70 yoshdan oshganida ota bo‘lgan.

2026-yilning dastlabki 3 oyidagi ko‘rsatkich (162 nafar) bu sur’at joriy yilda nafaqat saqlanib qolayotgani, balki bir oz o‘sish tendensiyasiga ega ekanini ham ko‘rsatmoqda.

Otalar yoshi: 2025-yilgi yillik ko‘rsatkichlar:

  • 25 yoshgacha — 97 917 nafar (11,1 %);
  • 25–39 yosh oralig‘i — 718 798 nafar (81,7 %);
  • 40 yosh va undan kattalar — 62 884 nafar (7,2 %) — bunda 40-59 yoshdagilar 62 246 nafarni, 60 yoshdan oshganlar esa 638 nafarni tashkil qilgan.

Statistik ma’lumotlar mamlakatda farzandli bo‘layotgan erkaklar va ayollarning yosh guruhlari o‘rtasida sezilarli tafovut borligini yaqqol ochib beradi. Erkaklar asosan 25 yoshdan keyin ota bo‘lishsa, ayollarda 25 yoshgacha ona bo‘lish ko‘rsatkichi ancha yuqori.

Ota va onalarning yosh guruhlari bo‘yicha solishtirma ko‘rsatkichlar:

25 yoshgacha bo‘lganlar:

  • Otalar: 97 917 nafar (jami tug‘ilishlarning 11,1 foizi)
  • Onalar: 355 111 nafar (jami tug‘ilishlarning 40,4 foizi)

25–39 yosh oralig‘idagilar:

  • Otalar: 718 798 nafar (jami tug‘ilishlarning 81,7 foizi)
  • Onalar: 512 034 nafar (jami tug‘ilishlarning 58,2 foizi)

40 yosh va undan kattalar:

  • Otalari 62 884 nafar (jami tug‘ilishlarning 7,2 foizi)
  • Onalar: 12 454 nafar (jami tug‘ilishlarning 1,4 foizi)

Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, 40 yoshdan keyin ota bo‘lgan erkaklar ulushi (7,2 %) xuddi shu yoshda ona bo‘lgan ayollar ulushidan (1,4 %) salkam besh barobarga ko‘proqdir. Mamlakatda eng yuqori tug‘ilish faolligi barqaror ravishda 25–39 yosh oralig‘idagi ota-onalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar