Daryo

“Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

Bola vizasi bo‘lmagani sababli reysga qo‘yilmagan. Qarindoshlari uni aerportdan olib ketishi kerak bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish5 656 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya aeroportlaridan birida ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini hujjatlaridagi muammo sababli aeroportda qoldirib, o‘zlari ta’tilga jo‘nab ketishga harakat qildi. Bu haqda ispan mahalliy nashrlariga tayanib, Fox News xabar berdi.

Foto: WUSF

Ma’lum qilinishicha, voqea Barselonadagi Josep Tarradellas el Prat xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan. Aeroport xodimlari bolaning pasport muddati o‘tgani bois uni samolyotga qo‘ymagan. Oqibatda ota-ona qarindoshlaridan birini aeroportga chaqirgan va bolani olib ketishini so‘rab, o‘zlari reysga chiqib ketgan.

Aeroportda dispetcher bo‘lib ishlovchi va TikTok da “Lilian” taxallusi bilan tanilgan bloger ayol ushbu holatni videoda sharhlab, bolada viza bo‘lmagani uchun u mamlakatni tark eta olmaganini aytgan.

“Bola Ispaniya pasporti bilan sayohat qilmoqchi bo‘lgan, ammo undan viza talab qilingan. Viza yo‘qligi sababli ota-onasi uni terminalda qoldirib, qarindoshini chaqirgan va o‘zlari ketib qolgan,” dedi Lilian.

Aeroport xodimlari yolg‘iz qolgan bolani topib, darhol huquq-tartibot organlariga xabar bergan. Bolaning o‘zi esa mutasaddilarga ota-onasi allaqachon ta’tilga jo‘nab ketganini bildirgan. Samolyot uchishidan oldin uchuvchiga bu voqea haqida ma’lumot berilgan. U yo‘lovchilardan terminalda bolasini tashlab ketganlar bor-yo‘qligini so‘ragan, ammo hech kim javob bermagan. Baribir bolaning ota-onasi topilib, ular samolyotdan tushirib qoldirilgan. Ota-ona bilan yana bir yosh bola ham bo‘lgani aytilmoqda. Politsiya bo‘limida ularga o‘g‘li topshirilgan.

“Qanday qilib ota-onalar 10 yoshli farzandini hujjat muammosi sababli terminalda yolg‘iz qoldirib ketishi mumkin? Qarindosh chaqirilgan taqdirda ham oradan ancha vaqt o‘tadi! Bu 3 soatga ham cho‘zilishi mumkin. Lekin shunga qaramay ota-ona xotirjamlik bilan samolyotga chiqib ketgan?!”, deya norozilik bildirgan Lilian.

Ushbu voqea yuzasidan hali rasmiy izoh berilmagan. Hozirda holat tegishli idoralar tomonidan o‘rganilib chiqilmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar