Daryo

Rossiyada mamlakat manfaatlariga qarshi chiqqan fuqarolarning mulki musodara qilinadi

Endilikda chet elda turib Rossiya armiyasini haqoratlagan yoki ekstremizmga chaqirgan shaxslarning uylari va boshqa mol-mulklari sud jarayoni boshlanmasdanoq tortib olinadi.

1 daqiqa o‘qish4 384 ko‘rishlar0 izoh3

Rossiya davlat Dumasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda yangi qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, mamlakatni tark etgan va Rossiya manfaatlariga qarshi huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Hujjatda xorijdagi rossiyaliklar qaysi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks moddalari bo‘yicha jazolanishi aniq ko‘rsatilgan. Shuningdek, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun ham javobgarlik bor.

Mulklar qanday musodara qilinadi?

Yangi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 27.20-moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Ilgari bu modda faqat yuridik shaxslarning mulkini olib qo‘yishga tegishli edi. Endi bu chora Rossiyadan tashqarida huquqbuzarlik sodir etgan jismoniy shaxslarga ham qo‘llanadi.

“Mediazona” nashrining tushuntirishicha, tartib tubdan o‘zgargan. Ilgari g‘oyibona jarimaga tortilgan shaxsning mulki faqat sud ijrochilari ish boshlaganidan keyin tortib olinishi mumkin edi. Endilikda aktivlar ish bo‘yicha bayonnoma tuzilgan vaqtning o‘zidayoq xavfsizlik chorasi sifatida muzlatib qo‘yiladi. Qonun loyihasining tushuntirish xatida aytilishicha, bu chora huquqbuzarlarning javobgarlikdan qochib qutulishining oldini olish uchun zarur.

Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ushbu qonun loyihasiga quyidagicha munosabat bildirdi:

“Xorijga qochib ketgan hamda g‘arbiy homiylar yordamida terrorizm va ekstremizmga chaqirayotgan, natsizmni oqlayotgan, askar va ofitserlarimizni haqoratlayotganlar o‘z harakatlari uchun javob berishi kerak. Ular ham jinoiy, ham ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jazolanadi”.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar