Daryo

O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish xizmati vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekistonda bu davlat xizmati 26-maydan boshlab ma’lum muddatga qadar ko‘rsatilmaydi.

1 daqiqa o‘qish9 622 ko‘rishlar0 izoh5

O‘zbekistonda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish xizmati 26-maydan vaqtincha to‘xtatiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament asosida amalga oshirilayotgan quyidagi davlat xizmatlari 2026-yilning 26-mayidan 31-iyuliga qadar vaqtincha to‘xtatiladi:

  • o‘quvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish;
  • chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga qabul qilish;
  • xorijiy maktablardan O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini ko‘chirish.
Mazkur davrda erp.maktab.uz elektron platformasi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish jarayonlari amalga oshiriladi. 

Davlat xizmatlari 2026-yil 1-avgustdan boshlab qaytа davom ettiriladi.

O‘zbekistonda o‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar