Daryo

Ikki tarkibga bo‘lingan O‘zbekiston terma jamoasi bahsida 7 ta gol kiritildi

Yaqin kunlarda Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSHga uchib ketadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi jo‘nab ketishidan avval muxlislar uchun o‘ziga xos xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi.

1 daqiqa o‘qish3 359 ko‘rishlar0 izoh3

Yaqin kunlarda Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSHga uchib ketadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi jo‘nab ketishidan avval muxlislar uchun o‘ziga xos xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘ziga xos nazorat uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zaro ikkiga bo‘linib kuch sinashdi.

Dastlabki bo‘lim to‘liq O‘zbekiston-1 jamoasi nazorati ostida o‘tdi. 19-daqiqadayoq Farruh Sayfiyev vaziyatdan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas Aziz Amonov farqni ikkitaga oshirdi. Taym so‘ngida esa Akmal Mozgovoy hisobni yiriklashtirdi — 3:0.

Ammo ikkinchi bo‘limda o‘yin O‘zbekiston 2 nazoratiga o‘tdi. 46-daqiqadayoq Quvondiq Ro‘ziyev gol urib, hisobni qisqatirdi. 57-daqiqada Doston Hamdamov jamoasining ikkinchi golni kiritgan bo‘lsa, o‘yin yakuniga sanoqli daqiqalar qolganida Nodirbek Abdurazzoqov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi — 3:3.  Uchrashuv yakunlanib borayotgan bir pallada O‘zbekiston-1 yana oldinga chiqib oldi. 90-daqiqada Husayn Norchayev aniq zarbasi bilan jamoasining 4:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Nazorat uchrashuvi

O‘zbekiston-1 — O‘zbekiston-2 4:3
Gollar:
1:0 — Sayfiyev (19), 2:0 — Amonov (29), 3:0 — Mozgovoy (45), 3:1 — Ro‘ziyev (46), 3:2 — Hamdamov (57), 3:3 — Abdurazzoqov (82), 4:3 — Norchayev (90).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar