Daryo

Aziz G‘aniyev Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin — OAV

Futbolchi Kanadaga qarshi bahsning 23-daqiqasida jarohat oldi.

1 daqiqa o‘qish5 197 ko‘rishlar0 izoh2

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev Kanadaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida olgan jarohati sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston axborot agentligi (O‘zA) xabar bermoqda.

2-iyun, tongida O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati oldidan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Edmonton shahrida Kanada terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Fabio Kannavaro jamoasi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev jarohat olib, maydonni ertaroq tark etishga majbur bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin va uning bo‘lajak mundialni o‘tkazib yuborish ehtimoli mavjud.

Ammo O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro Kanadaga qarshi bahsdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida G‘aniyev haqida gapirar ekan, hozircha jiddiy holat yo‘qligi va barchasi yaqin vaqt ichida ma’lum bo‘lishini bildirdi:

“Yuqori intensivlikda o‘ynaganda jarohatlar bo‘lib turadi. Hozircha jiddiy narsa yo‘q. Ertaga va indinga ko‘ramiz”.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro shogirdlari Jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari bilan o‘zaro bahs olib boradi. O‘zbekiston mundialdagi ilk o‘yinini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Atsteka” stadioni mezbonlik qiladi

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar