Daryo

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga “Yuventus”da ishlagan mutaxassis qo‘shildi

Ushbu mutaxassis terma jamoa futbolchilarining tiklanish jarayoni, jarohatlarning oldini olish hamda reabilitatsiya yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

1 daqiqa o‘qish5 391 ko‘rishlar0 izoh3

Italiyalik tajribali mutaxassis Aldo Espozito O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, ushbu mutaxassis terma jamoa futbolchilarining tiklanish jarayoni, jarohatlarning oldini olish hamda reabilitatsiya yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Aldo Espozito faoliyati davomida Italiyaning “Kalyari” hamda “Yuventus” klublari va Italiya milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan. Mutaxassis 5 ta Jahon chempionati va 5 ta Yevropa chempionatida ishtirok etgan bo‘lib, 2006-yilgi Jahon chempioni hisoblanadi.

Shuningdek, u FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati hamda UEFA Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar safida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6–26-may kunlari Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Shundan keyin jamoa Jahon chempionatida ishtirok etish uchun uchib ketadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar