Daryo

Eron oliy rahnamosining sog‘lig‘i bo’yicha yangi ma’lumot berildi

Mojtaba Xomanaiy AQSH va Isroil hujumlari oqibatida jarohat olgach, ommaga ko‘rinish bermadi. Uning yuzi “tanib bo‘lmas” darajaga kelgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

1 daqiqa o‘qish21 053 ko‘rishlar0 izoh7

AQSH va Isroil hujumlari oqibatida jarohatlangan Eron oliy rahnamosi Mojtaba Xomanaiyning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi. Bu haqda IRNA davlat axborot agentligi xabar berdi.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Husayn Kermanpurga ko‘ra, Xomanaiyning olgan jarohatlari uning tashqi ko‘rinishiga ta‘sir qilmagan.

“Oliy rahnamoning jarohatlari uning yuzi yoki umuman tashqi ko‘rinishini shikastlashi mumkin bo‘lgan xususiyatga ega emas edi”, dedi Kermanpur.

Ta’kidlanishicha, G‘arb OAV tomonidan tarqatilgan mish-mishlarga qaramay, jarohatlar Xomanaiyning tana a’zolari amputatsiyasi yoki nogironligiga olib kelmagan. Eron oliy rahnamosi idorasi protokol xizmati rahbari Mazaher Husayniy ham Xomanaiy sog‘ayib borayotganini aytmoqda. U hujumlarda oliy rahnamoning beli va tizzasi jarohatlangani, qulog‘i orqasida yirtilgan jarohat borligini ta’kidlangan.

AQSH va Isroilning 28-fevral kuni Eronga qilgan aviahujumlarida o‘sha paytdagi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Uning o‘g‘li Mojtaba Xomanaiy 9-martga o‘tar kechasi yangi oliy rahnamo etib saylandi. Biroq hali hanuz jamoatchilikka ko‘rinish bermadi. Shu paytgacha uning bayonotlari faqat televideniye boshlovchilari tomonidan o‘qib eshittirildi yoki bosma shaklda tarqatildi. 30-aprel kuni Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ilk bor Xomanaiy bilan uchrashgani ma’lum qilingandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar