Toshkentda tijorat bankining mas’ul shaxslari mijozning 500 ming dollar omonat pulini o‘zlashtirdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning bank omonatiga qo‘ygan 500 ming AQSH dollarini soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
2026-yilning fevralida Toshkentda bank xodimi boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib o‘zganing 120 ming dollarini qimorga tikib yuborgani fosh etilgandi.
Toshkentda bank xodimlari mijozning 500 ming dollar omonat pulini o‘zlashtirdi
Holat Uchtepa tumanidagi bankda sodir etilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
1 daqiqa o‘qish19 875 ko‘rishlar0 izoh10








