Daryo

Eron Tel Avivgacha yetib boradigan yangi dronini namoyish qildi

Arash-3 navigatsiya uchun sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan ham foydalanadi. GPS signali yo‘qolgan taqdirda u parvozni davom ettirishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish11 104 ko‘rishlar0 izoh25

Eron 2000 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga qodir yangi Arash-3 kamikadze dronini namoyish etdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dron Isroilning Tel Aviv shahrigacha yetib borishi mumkin. U Tehronda o‘tkazilgan “Eronga sadoqat” mitingida namoyish etilgan. Dron nomi fors mifologiyasidagi qahramon — uzoq masofaga o‘q uza olgan kamonchi Arash nomidan olingan. Yangi qurilma quyidagi xususiyatlarga ega:

— parvoz masofasi — 2000 kilometrgacha;
— jangovar qism — taxminan 150 kilogramm;
— tezligi — 600 km/soatgacha.

Dronning uzunligi taxminan 3,5 metr, qanotlarining kengligi esa qariyb 2,5 metrni tashkil etadi. Bu esa uni o‘z sinfidagi eng yirik dronlardan biriga aylantiradi. Navigatsiya uchun u sun’iy yo‘ldosh tizimlari bilan birga avtonom algoritmlardan ham foydalanadi. Bu esa GPS signali yo‘qolgan taqdirda ham parvozni davom ettirish imkonini beradi.

Avvalroq Eron Arash-2 modelida ham shunga o‘xshash imkoniyatlar mavjudligini ma’lum qilgan, u ham 2000 kilometrgacha ucha oladi.

Ma’lumot oʻrnida, Isroil urush davomida Eronga 18 000 dan ortiq bomba tashladi, 10 800 dan ortiq alohida zarbalar yoʻlladi. Tehron yetkazilgan zarar uchun tovon talab qilmoqda. Eron hukumati AQSH va Isroil hujumlaridan yetkazilgan zararni 270 milliard dollarga baholagan.

“Biz, albatta, qonuniy usullar bilan xalqimizning huquqlarini himoya qilamiz, bu Minob maktabida yaqinlarimizning to‘kilgan qoni uchun tovon puli to‘lanishiga ham taalluqli”, dedi hukumat vakili Fotima Mohajerani.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar