Daryo

AQSH asirga olgan 22 nafar Eron kemasi ekipajini Pokistonga topshiradi

Ular aprelda Ummon ko‘rfazida Tuska yuk kemasidan qo‘lga olingandi. Islomobod ekipaj keyinchalik vataniga qaytarilishini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish4 189 ko‘rishlar0 izoh2

Pokiston hukumati 4-may kuni AQSH tomonidan qo‘lga olingan Eron konteyner kemasining 22 nafar ekipaji Pokistonga evakuatsiya qilinishini tasdiqladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi bu harakatni har ikki tomon qo‘llab-quvvatlagan “ishonchni mustahkamlash chorasi” deb atadi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, ekipaj a’zolari keyinchalik Eronga qaytariladi.

Gap Eron bayrog‘i ostida suzuvchi Tuska yuk kemasi haqida ketmoqda. Kema aprel oyida AQSH kuchlari tomonidan Ummon ko‘rfazida, Eronning Chobahor porti sohillari yaqinida qo‘lga olingandi.

Kema Vashington tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Eron Islom Respublikasi Yuk tashish liniyalariga tegishli hisoblanadi. O‘sha vaqtda Tehron ushbu hodisani noqonuniy deb qoralab, buni xalqaro dengiz qonunlarining buzilishi deb atagandi. AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) esa kema AQSH blokadasini buzgani haqidagi olti soatlik ogohlantirishlarga amal qilmaganini bildirgan.

Pokiston vositachilik roli

Pokiston tomoni zarur ta’mirlash ishlari yakunlangach, kemani Eronga qaytarishini ma’lum qildi. 28-fevralda AQSH va Isroil Eronga zarbalar berishni boshlaganidan beri Islomobod ikki davlat o‘rtasida vositachi vazifasini bajarib kelmoqda. Biroq hozircha tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar deyarli natija bermayapti.

Hormuzga kirmoqchi bo‘lgan AQSH harbiy kemasiga raketalar uchirildi

Eron harbiy-dengiz kuchlari 4-may kuni “Amerika-sionistik” harbiy kemasining Hormuz bo‘g‘oziga kirishiga to‘sqinlik qilib, ikkita raketa uchirdi.

Fars axborot agentligining yozishicha, AQSH harbiy kemasi Eron ogohlantirishlariga e’tibor bermagan. Shundan so‘ng Ummon ko‘rfazidagi Jask shahri yaqinida ushbu kemaga ikkita raketa uchib tushgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar