Daryo

O‘zbekistonda taʼlim olishga kelgan xorijliklar soni 2,3 baravar oshdi

I chorakda mamlakatda o‘qish uchun eng ko‘p tashrif buyurganlar turkmanistonliklar bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish3 578 ko‘rishlar0 izoh3

2026-yil yanvar—mart oylarida O‘zbekistonda taʼlim olish uchun 15 124 nafar xorijlik keldi. Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, chet ellik tahsil oluvchilar soni 2025-yil I chorakdagidan 2,3 baravarga oshgan.

Uch oyda mamlakatga o‘qish uchun kelganlar orasida turkmanistonliklar ulushi eng yuqori bo‘lgan — 7 174 nafar. Shu bilan birga, Hindiston (2 835 nafar) va Tojikistondan (1 170 nafar) tashrif buyurganlar soni nisbatan ko‘pligi qayd etilgan.

Qolgan davlatlardan taʼlim uchun O‘zbekistonga kelganlar soni quyidagicha:

  • Xitoy — 641 nafar;
  • Qirg‘iziston — 483 nafar;
  • Pokiston — 438 nafar;
  • Misr — 353 nafar;
  • Janubiy Koreya — 342 nafar;
  • Filippin — 286 nafar;
  • AQSH — 191 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 1 211 nafar.
Statqo‘m 2024-yilda 25,1 ming, 2025-yilda jami 39,7 ming nafar xorijliklar O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelganini ochiqlagan. O‘tgan yili respublikada taʼlim olishga kelgan eng ko‘p chet ellik hindistonliklar bo‘lgan — 17 241 nafar. 

Avvalroq O‘zbekiston oliygohlarida 23 500 nafar xorijlik talaba tahsil olayotgani maʼlum qilingan. Shu bilan birga, respublikadagi universitetlar diplomini dunyo bo‘yicha 40 taga yaqin davlat tan olayotgani bildirilgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar