Daryo

Oʻzbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi — tadqiqot

Tahlilda bu koʻrsatkich xalqaro miqyosda past darajada ekani keltirilgan. Eng koʻp ajrimlar Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida kuzatilmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 231 ko‘rishlar0 izoh3

2025-yil holatiga koʻra, Oʻzbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi. Bu har mingta nikohga oʻrtacha 175 ta ajrim toʻgʻri kelishini anglatadi. 

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tahliliga koʻra, mazkur koʻrsatkich xalqaro miqyosda olib qaraganda past darajada hisoblanadi.

“Mamlakatda ajrimlar darajasi koʻplab davlatlarga nisbatan ancha kam. Jumladan, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozogʻistonda – 328,2, Qirgʻizistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi. Bu raqamlar bilan solishtirganda, Oʻzbekistonda oila instituti nisbatan barqaror ekani namoyon boʻladi”, deyiladi tahlilda.

Institut hududlar boʻyicha Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolayotganini qayd etgan. Aksincha, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar nisbatan koʻpligi kuzatilmoqda.

Statitistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda 46,9 ming oila nikohdan ajrashgan. Bu 2024-yildagiga nisbatan 1,8 mingtaga koʻp.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar