Daryo

Xonanda Ruxshona ikkinchi marta oila qurdi  

Ruxshona nikoh tuzilgani haqidagi guvohnoma suratini joylab, “Bu prank yoki kino emas”, deya qo‘shimcha qildi

1 daqiqa o‘qish286 126 ko‘rishlar0 izoh0

Xonanda Ruxshona Instagram sahifasi orqali ikkinchi marta oila qurgani haqida ma’lum qildi. 
“Xullas, shunaqa yangilik. Tabriklarni qabul qilamiz va familiyani o‘zgartiramiz. Men ham baxtli bo‘lishga haqqim bor-ku, to‘g‘rimi?”, deb yozadi xonanda.

Foto: Instagram

 

Ruxshona nikoh tuzilgani haqidagi guvohnoma suratini joylab, “Bu prank yoki kino emas”, deya qo‘shimcha qildi. 

Foto: Instagram

Avvalroq xonanda “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuvida bir yil avval ayrim mansabdor shaxslarning nojo‘ya takliflari tufayli ikkinchi marta turmushga chiqqani haqida yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab bergan edi. 

Foto: Instagram

Ruxshona 2022-yilda turmush o‘rtog‘i, klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi. Uning ikki farzandi — qizi va o‘g‘li bor. 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar