Daryo

O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha barcha soliqlardan ozod etiladi

Bunday imtiyoz 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga beriladi.

1 daqiqa o‘qish2 853 ko‘rishlar0 izoh2

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi. Bu haqda 17-aprel kuni imzolangan qonunda belgilandi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, farzandlari xususiy maktab yoki bog‘chaga boradigan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadigan ota-ona tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilinishi belgilandi.

Shuningdek, 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinishi ko‘rsatildi.

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Inson” markazlarining talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

O‘zbekistonda nogiron bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etilishi haqida 18-aprel kuni prezident aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, shuningdek, bu sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishganda ma’lum qilingandi. Taqdimotda ruhiy holatida buzilishlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish masalasi ham koʻrib chiqilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar