Daryo

Saida Mirziyoyeva АQSH savdo vakili bilan uchrashdi

Jeymison Grir bilan o‘tkazilgan uchrashuvda amerikalik investorlarning O‘zbekistonga nisbatan ortib borayotgan qiziqishi muhokama qilindi.

1 daqiqa o‘qish2 447 ko‘rishlar0 izoh1

Saida Mirziyoyeva Vashingtonda АQSH savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uning ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan uchrashuvda amerikalik investorlarning O‘zbekistonga nisbatan ortib borayotgan qiziqishi muhokama qilindi.

“Biz ikki tomonlama savdo munosabatlarini o‘zaro manfaatli asosda tartibga soluvchi kelishuvlar ustida ish olib bormoqdamiz. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun elchi janoblariga o‘z minnatdorligimni bildiraman”, dedi Saida Mirziyoyeva.

Bundan avval Saida Mirziyoyeva АQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi. Muloqot davomida yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi. 

6-aprel kuni Vashingtonda Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi. Ushbu kengash hamraislari Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ochilishida so‘zlagan nutqida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini aytdi.

7-aprelda Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashuv o‘tkazdi.



Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar