Daryo

Saida Mirziyoyeva AQSHda Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi

U АQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori bo‘lib, uchrashuvda yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi.

1 daqiqa o‘qish3 369 ko‘rishlar0 izoh1

Saida Mirziyoyeva АQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi. DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi hamda investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, 2026-yilda qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

6-aprel kuni Vashingtonda Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi. Ushbu kengash hamraislari Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ochilishida so‘zlagan nutqida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini aytdi.

7-aprelda Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashuv o‘tkazdi.



Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar