Daryo

Tramp urushda AQSHga “yordam bermagan” davlatlarni sanadi

AQSH prezidenti Fors ko‘rfazi davlatlari faolligini maqtab, yordam bermagan uch davlatga esa AQSH ko‘mak berib kelayotganini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish6 053 ko‘rishlar0 izoh1

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi urushda “yordam bermagan” davlatlarni sanab oʻtdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Yaponiya bizga yordam bermadi, Avstraliya, Janubiy Koreya bizga yordam bermadi, NATOga keladigan boʻlsa, u ham bizga yordam bermadi”, dedi Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida.

U AQSHning bu davlatlarga ko‘rsatgan yordamini ham eslatib oʻtdi.

“Bizning Shimoliy Koreyadan himoya qilish uchun Yaponiyada 50 ming askarimiz bor; Kim Chen Indan himoya qilish uchun Janubiy Koreyada 45 ming askarimiz bor”, dedi u.

Shu bilan birga, Tramp Fors ko‘rfazi davlatlarining sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va ularning faolligini mojaroga yaqin hududda joylashgani bilan izohladi:

“Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA aʻlo darajada harakat qildi. Bahrayn, Kuvayt ham”, dedi u.

AQSH prezidenti 37 kun ichida Erondagi 13 mingdan ortiq nishonga zarbalar berilganini aytdi. Urush vazirligi rahbari Pit Xegset esa agar Eron sulhga rozi boʻlmasa, 8-aprel kuni urush boshlanganidan beri eng yirik zarba berilishini taʻkidladi.

Tramp va Xegsetning bayonotlari Eronni strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish zarurligi haqida ogohlantirish doirasida yangradi. AQSHning sulh uchun bergan soʻnggi muddati 7-aprel kuni 20:00 da (Toshkent vaqti bilan 8-aprel soat 05:00) tugaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar