Daryo

ESPN nashri APL tarixidagi eng yomon 10 ta transferni e’lon qildi

Mazkur antireytingning eng yuqori pog‘onasidan Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Mixaylo Mudrik joy oldi.

1 daqiqa o‘qish4 200 ko‘rishlar0 izoh2

Amerikaning ESPN nashri Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz 10 ta transfer reytingini e’lon qildi. Mazkur antireytingning eng yuqori pog‘onasidan Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Mixaylo Mudrik joy oldi.

Ukrainalik vinger 2023-yilning qishida Donetskning “Shaxtyor” klubidan “Chelsi”ga taxminan 70 million yevro evaziga o‘tgan edi. Bu transfer o‘sha vaqtda ukrainalik futbolchilar uchun rekord ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan. Biroq Mudrik London klubining asosiy tarkibida o‘z o‘rnini topa olmadi. Vaziyatni keyinchalik yuzaga kelgan doping mojarosi yanada og‘irlashtirdi. Futbolchi taqiqlangan moddalar iste’mol qilganlikda ayblanib, o‘yinlardan chetlatildi. Aynan mana shu omillar uning transferini APL tarixidagi eng yomoni deb topilishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” a’zosi Antoni hamda “Arsenal”ning sobiq futbolchisi Nikolya Pepe “kuchli uchlik”ni yakunlab bergan.

ESPN talqiniga ko‘ra APL tarixidagi eng yomon 10 ta transfer:

  1. Mixaylo Mudrik — “Shaxtyor”dan “Chelsi”ga;
  2. Antoni — “Ayaks”dan “Manchester Yunayted”ga;
  3. Nikolya Pepe — “Lill”dan “Arsenal”ga;
  4. Ali Dia — erkin agent sifatida “Sautgempton”ga;
  5. Denni Drinkuoter — “Lester”dan “Chelsi”ga;
  6. Rikki Alvares — “Inter”dan “Sanderlend”ga;
  7. Romelu Lukaku — “Inter”dan “Chelsi”ga;
  8. Jeydon Sancho — “Borussiya D”dan “Manchester Yunayted”ga;
  9. Tomas Brolin — “Parma”dan “Lids”ga;
  10. Kalvin Fillips — “Lids”dan “Manchester Siti”ga

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar