Daryo

O‘zbekistonda avtomobil va benzin ishlab chiqarish sezilarli ko‘paydi

Gaz va neft qazib olishda esa qisqarish yuz bermoqda. Statqoʻm sanoat koʻrsatkichlarini ochiqladi.

1 daqiqa o‘qish8 089 ko‘rishlar0 izoh1

Statistika qoʻmitasi 2026-yil yanvar–fevral oylarida qancha hajmda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganini ochiqladi. Tahlilda ayrim yoʻnalishlarda pasayish, boshqalarida oʻsish qayd etilgan. 

Ikki oy davomida mamlakatda 6,9 mlrd m³ tabiiy gaz qazib olingan. Bu 2025-yil mos davriga nisbatan 7 foizga kam. Neft qazib olish ham 2,6 foizga qisqarib, 103,1 ming tonnani tashkil etgan.

Foto: Statistika qoʻmitasi

Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi oshgan — 15,25 mlrd kVt/soat. Bu oʻtgan yil mos davriga qaraganda 6 foizga koʻp.

Yanvar-fevralda avtomobil ishlab chiqarish 12 foizga koʻpayib, jami 64 221 donaga yetgan. Eng koʻp Cobalt (23 216 dona) ishlab chiqarilgan. Keyingi oʻrinni Damas (12 301 dona) egallagan.

Oʻz navbatida benzin ishlab chiqarish hajmi 8,5 foizga ortgan va 204,4 ming tonnani tashkil qilgan. Koʻmir qazib olish oʻtgan uch yilning yanvar-fevral oylarida oʻzgarmagan — 700 ming tonnadan.

Foto: Statistika qoʻmitasi

Gaz qazib olish tendensiyalari 

Oʻzbekistonda 2026-yilda 40,2 mlrd m³ tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilgan. Bu 2025-yildagidan (41,7 mlrd m³) 1,5 mlrd m³ ga kam. Kelasi yillardagi hajmlar oshib, quyidagicha shakllanishi kutilmoqda:

  • 2027-yilda — 42,9 mlrd m³;
  • 2028-yilda — 44,5 mlrd m³;
  • 2029-yilda — 45,5 mlrd m³;
  • 2030-yilda — 48,5 mlrd m³.
Avvalgi rejalarda gaz qazib olish hajmini 2030-yilgacha 62 mlrd m³ ga yetkazish belgilangandi. Oʻtgan ikki yilda rejadagi hajm qariyb 13,5 mlrd m³ ga kamaytirilgan. Oʻzbekistonda 2010—2022-yillar orasida gaz qazib olish hajmi yillik 50 mlrd m³ dan yuqori boʻlgan. Masalan, 2010-yildagi koʻrsatkich qariyb 66 mlrd m³ edi. Lekin 2023-yildan (46,7 mlrd m³) boshlab hajm sezilarli qisqarish trendiga oʻtgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar