Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi oilada bir yo‘la 4 egizak tug‘ildi. Bu haqd Sog‘liq saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, egizaklar Odiljon va Sevara Abdullayevalar oilasida tug‘ilgan bo‘lib, ular 2 yoshli qizalog‘ini tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.
Ularning:
- birinchisi o‘g‘il — vazni 1412 gramm, bo‘yi 37 cm.
- ikkinchisi qizaloq — vazni 1624 gramm, bo‘yi 37 cm.
- uchinchi qizaloq — vazni 1466 gramm, bo‘yi 37 cm.
- to‘rtinchisi o‘g‘il — vazni 1780 gramm, bo‘yi 38 cm.
Chaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi. Ayni paytda chaqaloqlar tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Odiljon Abdullayev — viloyat IIBB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi.
Ayni paytda ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lib, ular malakali mutaxassislar nazorati ostida.








