Daryo

Rossiya va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi

Uchrashuv 31-mart kuni Sankt-Peterburg shahridagi “Gazprom Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.

1 daqiqa o‘qish6 244 ko‘rishlar0 izoh3

Rossiya va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi (RFS) matbuot xizmatiga tayanib, Ria Novosti xabar berdi.

Uchrashuv 31-mart kuni Sankt-Peterburg shahridagi “Gazprom Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Rustam Lutfullinga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosov ko‘maklashadi. Zaxira hakami — rossiyalik Aleksey Suxoy.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Lutfullin O‘zbekiston chempionati va kubogi o‘yinlaridan tashqari, xalqaro maydonda ham faoliyat yuritadi. U 2025-yilda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida 3 ta o‘yinni boshqargan. Shuningdek, 2024-yilda JCH saralash bosqichining 4 ta bahsida ishlagan.

E’tiborlisi, Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasining mart oyidagi birinchi uchrashuvini (Nikaraguaga qarshi, 3:1) ham o‘zbekistonlik hakamlar — Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi brigada boshqargan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar