Daryo

Eldor Shomurodov Turkiyada mavsum ramziy jamoasidan joy oldi — EA Sports

O‘zbekistonlik futbolchi Turkiya Superligasi joriy mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

1 daqiqa o‘qish4 504 ko‘rishlar0 izoh3

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Istanbulning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov dunyodagi eng yirik va eng mashhur sport video o‘yinlarini ishlab chiqaruvchi EA Sports (Electronic Arts Sports) versiyasiga ko‘ra Turkiya Superligasining mavsum ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Uning FC26 o‘yini virtual kartochkasidagi umumiy reytingi 93 ballga loyiq ko‘rilgan.

Foto: Instagram/IBFK.e

Virtual kartochkada futbolchining yugurish tezligi – PAC; zarba kuchi, aniqligi, jarima maydonchasi ichidan va tashqarisidan tepish qobiliyati – SHO; qisqa-uzun uzatmalar, krosslar, to‘pni yetkazib berish aniqligi – PAS; to‘pni nazorat qilish, raqibni aldab o‘tish, chaqqonlik, muvozanat – DRI; to‘pni olib qo‘yish, tashlanishlar, bosh bilan o‘ynash, pozitsiya tanlash – DEF; shuningdek, PHY ya’ni kuch, chidamlilik va kurashuvchanlik qobiliyatlari baholanadi.

Eldor Shomurodov 2025-yilning yozida “Bashakshehir” safiga kelib qo‘shildi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. U Turkiya Superligasi joriy mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori musobaqa to‘purarlar jadvalida ikkinchi pog‘onani band etgan. “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu esa 22 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Musobaqa yakunlanishiga ikkita tur qoldi.

Shomurodov va u bilan bir jamoada to‘p suradigan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Istanbul klubining eng qimmat futbolchilari hisoblanadi. Transfermarkt portali ularning bozor qiymatini 7 million yevroga baholagan.

Turkiya Superligasi joriy mavsumida “Bashakshehir” 32 ta turdan so‘ng 51 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 4-pog‘onada bormoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar