Daryo

Osiyo Kubogi—2027 qur’asi noma’lum muddatga qoldirildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bunga mintaqadagi harbiy mojarolar sabab bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish2 744 ko‘rishlar0 izoh2

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2027-yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi qoldirilganini rasman e’lon qildi. Mazkur tadbir 2026-yilning 11-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

OFK rasmiy saytida berilgan bayonotga ko‘ra, ushbu qaror barcha manfaatdor tomonlarning marosimda to‘liq va xavfsiz ishtirok etishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Konfederatsiya Saudiya Arabistoni tashkiliy qo‘mitasiga tayyorgarlik uchun minnatdorchilik bildirdi va a’zo assotsiatsiyalarni vaziyatni to‘g‘ri tushunishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, mintaqadagi vaziyat 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi qo‘shma harbiy operatsiyasi boshlanishi ortidan keskinlashgan edi. Eron bunga javoban AQSHning mintaqadagi harbiy bazalariga, shuningdek, Isroil, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Bahrayndagi qator ob’yektlarga zarbalar berdi. Aynan mana shu harbiy to‘qnashuvlar xalqaro sport tadbirlarini reja asosida o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.

Hozircha Osiyo Kubogi—2027 qur’asi qachon o‘tkazilishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Musobaqaning o‘zi esa Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tishi rejalashtirilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar