Daryo

Arsen Venger: “Murabbiylar Abduqodir Husanovga o‘xshash futbolchilarni yoqtiradi”

Londondagi “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda FIFA’ning futbolni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Arsen Venger o‘zbekistonlik futbolchi haqida fikr bildirdi.

1 daqiqa o‘qish9 169 ko‘rishlar0 izoh9

Londonning “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda FIFA’ning futbolni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Arsen Venger O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi. Bu haqda Man City Report xabar berdi. 

“Futbol murabbiylari Abduqodir Husanovga o‘xshash futbolchilarni yoqtiradi. Sababi manmanlikdan yiroq, muammo tug‘dirmaydi — faqat himoyada mehnat qiladi”, deydi tajribali mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Athletic nashri o‘zbekistonlik himoyachini jahonning eng kam baholangan futbolchilari ro‘yxatiga kiritgan edi. Nashr Husanov bilan bir qatorda yana 17 nafar mahorati yetarlicha e’tirof etilmayotgan futbolchilarni sanab o‘tgan. Ular orasida “Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde, “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn, “Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr kabi futbolchilar ham bor.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan 40 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Himoyachi joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik futbolchining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar