Daryo

Aguero: “Abduqodir Husanov ‘Siti’ himoyasidagi muammolarning uzoq muddatli yechimidir”

“Shaharliklar” sobiq hujumchisi o‘zbekistonlik himoyachining imkoniyatlarini baholadi.

1 daqiqa o‘qish9 715 ko‘rishlar0 izoh16

Angliyaning “Manchester Siti” klubi sobiq hujumchisi Serxio Aguero jamoaning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Aguero City Xtra nashriga bergan intervyusida Husanov jamoa himoyasidagi muammolarni bartaraf eta olishini ta’kidladi.

“Abduqodir Husanov bu yil juda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdi. U odatdagi moslashuv jarayonidan o‘tib bo‘ldi va hozirda uning qanday darajadagi futbolchi ekanligini ko‘rib turibmiz. Abduqodir juda kuchli, tezkor va yakkama-yakka kurashlarda g‘olib chiqadi. U endigina 22 yoshda. Ishonamanki, u ‘Siti’da uzoq yillar davomida to‘p tepadi”, deya fikr bildirdi Serxio Aguero.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan 40 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi “shaharliklar” safida barcha turnirlar doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik himoyachining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar