Daryo

Toshkentda YPX inspektorini sudrab ketgan Damas haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

Haydovchi hujjatlarni taqdim etmay, inspektorning talabiga bo‘ysunmagan va qochishga uringan.

1 daqiqa o‘qish3 313 ko‘rishlar0 izoh2

Toshkent shahri Sergeli tumanida avtomobilda yo‘l-patrul xizmati inspektorini sudrab ketgan haydovchiga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xodim hujjatlarni tekshirish maqsadida Damas avtomobilini to‘xtatgan. Haydovchi talab qilingan hujjatlarni taqdim eta olmagan. Inspektor maxsus planshet orqali tekshiruv o‘tkazganida ushbu transport vositasida muddati o‘tgan 14 ta qarzdorlik mavjudligi va avtomobil qidiruvda ekani aniqlangan. Qarzdorlikning umumiy summasi 86,1 million so‘mni tashkil etgan.

Shundan so‘ng haydovchi inspektorning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan va voqea joyidan qochishga uringan. Ushbu jarayonda u inspektorni avtomobil bilan sudrab ketgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida transport vositasi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchi esa qo‘lga olinib, sodir etgan harakati uchun javobgarlikka tortilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi asosida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Haydovchi qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, boshqalarni ham yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

Avvalroq Toshkent shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorini mashinada urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi. Tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgani sababli xodimning hayoti saqlab qolingan, biroq u oyoq qismidan jiddiy jarohat olgan.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar