Daryo

Neft narxining o‘sishi Rossiyaga kuniga 150 mln dollar daromad keltirmoqda — Financial Times

Agar rus neftining o‘rtacha narxi bir barrel uchun 70-80 dollarni tashkil qilsa, mart oxiriga borib Rossiya hukumati jami 3,3-4,9 mlrd dollar qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish15 152 ko‘rishlar0 izoh5

AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi fonida neftning jahon narxlari keskin o‘sishi Rossiya byudjetiga kuniga, taxminan, 150 million dollar qo‘shimcha daromad keltirmoqda. Bu haqda soha tahlilchilarining hisob-kitoblariga tayanib Financial Times xabar berdi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar Rossiya neftining o‘rtacha narxi bir barrel uchun 70-80 dollarni tashkil qilsa, mart oyi oxiriga borib Rossiya hukumati jami 3,3-4,9 milliard dollar qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Fevral oyida Rossiya neftining o‘rtacha narxi bir barrel uchun qariyb 45 dollar bo‘lgan.

Xomashyo bozorlariga ixtisoslashgan Kpler kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Sumit Ritoliyaning fikricha, Yaqin Sharqdagi yangi urushda aynan Rossiya “asosiy g‘olib” sifatida ko‘rilmoqda.

“Va bu — tarixdagi eng yirik energetika inqirozining boshlanishigina, xolos”, deb yozgan Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev X ijtimoiy tarmog‘ida FT nashriga bergan izohida.

Maqola e’lon qilingach, AQSH hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli joriy etilgan neft sanksiyalarini vaqtincha yumshatishini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, agar neft va neft mahsulotlari kemalarga 12-martgacha yuklangan bo‘lsa, ularni yetkazib berishga ruxsat etiladi.

The Bell nashri keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 6-mart holatiga ko‘ra, tankerlarda 130 million barrelga yaqin Rossiya nefti bo‘lgan va uning katta qismi sanksiyalar tufayli yo‘lda ushlanib qolgan.

  • Neft narxlari yuqoriligicha qolmoqda

AQSH Rossiya neftini sotib olishga ruxsat berganiga qaramay, energetika bozorlaridagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. 14-mart kuni Shimoliy dengiz nefti bo‘lgan Brent kotirovkalari biroz pasaygan va bir barrel uchun 100 dollar atrofida tebranib turibdi. Amerikaning WTI markasi esa 0,8 foizga arzonlab, 94,93 dollarni tashkil etdi.

Neft bozoridagi beqarorlikni yumshatish maqsadida AQSH Energetika vazirligi 11-mart kuni Xalqaro energetika agentligiga (XEA) a’zo 32 davlatning bozorga jami 400 million barrel neft chiqarish bo‘yicha umumiy kelishuvi doirasida strategik zaxiradan 172 million barrel ajratilishini e’lon qildi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar