Daryo

Xoshimindan Istanbulga uchayotgan samolyot Samarqandga favqulodda qo‘ndi

Bunga yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sabab bo‘lgan. Yoʻlovchi va unga hamroh boʻlgan ikki kishi tibbiyot xodimlariga topshirilgach, Turkish Airlines reysi parvozni davom ettirgan.

1 daqiqa o‘qish51 745 ko‘rishlar1 izoh80

Vyetnamning Xoshimin shahridan Istanbulga yoʻl olgan Turkish Airlines aviakompaniyasining TK163 reysi 13-mart kuni Samarqand xalqaro aeroportiga favqulodda qoʻndi.

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, Boeing 787 ekipaji bortdagi yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli muqobil aerodromga yoʻl olishga qaror qildi.

Samolyot Samarqandga Toshkent vaqti bilan soat 3:40 da qoʻndi. Yurak xurujida gumon qilinayotgan 1959-yilda tugʻilgan Fransiya fuqarosi boʻlgan yoʻlovchiga tezkor tibbiy yordam koʻrsatildi. Yoʻlovchi va unga hamroh boʻlgan ikki kishi qoʻshimcha tekshiruv va davolanish uchun tibbiyot xodimlariga topshirildi.

Zarur amaliyotlar bajarilgandan soʻng, parvoz davom ettirildi. Mahalliy vaqt bilan soat 5:11 da Turkish Airlines aviakompaniyasining reysi Istanbulga joʻnab ketdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar