Daryo

Isroilda raketa hujumi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

62 yoshli erkak 2017-yilda O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqan va so‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab kelgan.

1 daqiqa o‘qish17 375 ko‘rishlar0 izoh11

Isroilning Yehud shahrida sodir bo‘lgan raketa hujumi oqibatida 62 yoshli erkak halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 2026-yil 9-mart kuni Yehud shahridagi qurilish maydonida yuz bergan. Tarqalgan xabarlarga aniqlik kiritgan elchixona ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan R.G‘. O‘zbekistonda tug‘ilib voyaga yetgan, biroq 2017-yilda O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, u so‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab kelgan va ushbu davlat fuqarosi hisoblangan. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, 11-mart holatiga ko‘ra, Isroilda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jarohat olganlar haqida elchixonaga ma’lumot kelib tushmagani qayd etildi.

Elchixona Isroil hududida vaziyat keskinligicha saqlanib qolayotganini inobatga olib, ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yoki doimiy yashab kelayotgan vatandoshlarni ogohlantirish signallariga jiddiy munosabatda bo‘lishga hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar