Daryo

Suriya “Hizbulloh”ni mamlakatni o‘qqa tutishda aybladi

Livandan otilgan artilleriya snaryadlari Sergaya shaharchasi yaqiniga kelib tushdi. Guruh Suriya qurolli kuchlari pozitsiyalarini nishonga olganlikda ayblamoqda.

1 daqiqa o‘qish2 902 ko‘rishlar0 izoh4

Suriya rasmiylari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Livan shia harakati — “Hizbulloh”ni tunda mamlakat hududiga artilleriya zarbalari berganlikda aybladi. Bu haqda Suriyaning SANA davlat axborot agentligi 10-mart kuni xabar berdi.

Suriya armiyasi mulozimlarining ma’lum qilishicha, Livandan otilgan artilleriya snaryadlari Damashq g‘arbidagi Sergaya shaharchasi yaqiniga kelib tushgan. Armiya “Hizbulloh”ni Suriya qurolli kuchlarining pozitsiyalarini nishonga olganlikda ayblamoqda.

Shuningdek, Suriya tomoni Suriya-Livan chegarasida “Hizbulloh”ning qo‘shimcha kuchlari to‘planayotganini kuzatganini bildirdi.

“Suriya armiyasi mamlakatga qarshi qaratilgan har qanday agressiyaga toqat qilmaydi”, deyiladi armiya bayonotida.

Livan o‘tgan haftada “Hizbulloh” sabab AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi domiga tortildi. Guruh Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilishiga javoban yahudiy davlatiga raketalar uchirdi.

So‘nggi kunlarda Livan sharqida “Hizbulloh” va Isroil kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Isroil butun Livan bo‘ylab, jumladan, poytaxt Bayrutga ham havodan zarbalar bermoqda.

Livan prezidenti Jozef Aun “Hizbulloh”ni davlatni qulatish ustida ishlayotganlikda aybladi. Guruhning parlamentdagi bloki rahbari esa ularda qarshilik ko‘rsatishdan boshqa variant yo‘qligini ta’kidladi.

“Hizbulloh” 2024-yil dekabr oyida ag‘darilgan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadga faol harbiy yordam berib kelgan. Biroq Asad rejimi qulagach, guruhning Suriya orqali o‘tadigan ta’minot yo‘llari kesib qo‘yildi.

Hozirda Livan va Suriya rasmiylari ikki davlat o‘rtasidagi nazorat qilish qiyin bo‘lgan chegaralar orqali kontrabanda oqimiga qarshi kurashishga urinmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar