Daryo

Namanganda prokuratura xodimi qamoqqa olindi

Toshkent viloyati prokuraturasi devonxona noziri savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani bartaraf etish va tadbirkorga chora ko‘rmaslik evaziga 9 ming dollar olgan.

1 daqiqa o‘qish3 536 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri 9 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

U O‘rta Chirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga 9 ming dollar talab qilgan.

Devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda o‘qiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni so‘ragan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSH dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Tezkor tasvirdan kadr

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, devonxona noziriga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Bundan avval bank mansabdori 110 ming dollar talab qilgani ortidan qamoqqa olingani, Jizzaxda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora olayotganida ushlangani xabar qilingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar