Toshkent shahrida tadbirkordan 360 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxt IIBB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1977-yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs mahalliy tadbirkordan 30 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, u tadbirkor tomonidan Chilonzor tumanidagi 37 sotix yer maydonida nodavlat umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishi rejalashtirilganidan xabar topgan. Shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan mazkur fuqaro ushbu hududda yashovchi aholi va turli tashkilotlar orqali qurilish jarayonlariga faol to‘sqinlik qilishini aytib hamda go‘yoki u o‘zini qurilish qilayotgandek ko‘rsatib, fuqarolarni “tinchlantirish” evaziga tadbirkordan 360 ming dollar talab qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.








