Daryo

Yurgen Klopp “Real”ga shart qo‘ydi

Germaniyalik mutaxassis klubning ijaradagi futbolchisini qaytarish va bir qator yetakchilarning jamoadan ketishini talab qilmoqda.

1 daqiqa o‘qish6 121 ko‘rishlar0 izoh4

Angliyaning “Liverpul” klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp, agar 2026 yilning yozida “Real Madrid” jamoani boshqarish uchun rasmiy taklif bilan chiqsa, bajarilishi lozim bo‘lgan qator talablarni belgilab bergan. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis tarkibni ikki nafar markaziy himoyachi va ikki nafar yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi. Bundan tashqari, u braziliyalik hujumchi Endrikni jamoaga qaytarishni talab qilmoqda.

Shuningdek, Klopp klubning ikki yarim himoyachisi – Jud Bellingem va Eduardo Kamavinga bilan xayrlashish variantini ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda. Murabbiy o‘z pozitsiyasini va ehtimoliy hamkorlik shartlarini oldindan ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Klopp 2025 yil 1-yanvardan buyon “Red Bull” kompaniyasida futbol departamenti rahbari lavozimida faoliyat olib bormoqda. Mutaxassis 2015—2024 yillar davomida “Liverpul”ni boshqargan va jamoa bilan Angliya Premyer Ligasi hamda Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar