Daryo

Oʻzbekistonda davlat byudjetiga oid qoidalarga gender mezonlari qoʻshildi

Davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalariga genderga yoʻnaltirilgan hamda “yashil” byudjetlashtirish tushunchalari kiritildi. Bu haqdagi buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

1 daqiqa o‘qish3 552 ko‘rishlar0 izoh0

Oʻzbekistonda davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqdagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Qayd etilishicha, byudjet sohasidagi normativ-huquqiy hujjatga genderga yoʻnaltirilgan hamda “yashil” byudjetlashtirish tushunchalari kiritildi.

Endilikda har kelgusi moliya yili uchun byudjet prognozi va undan keyingi 2 yil uchun moʻljallarini aniqlash maqsadida ishlab chiqiladigan fiskal strategiyada, shuningdek, byudjetnomada “yashil” va genderga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish boʻyicha natijalar koʻrsatiladi.

Ularga kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni kiritish ham belgilandi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tuziladigan rivojlantirish dasturida mablagʻlarini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari boʻyicha maʼlum maqsadlarni inobatga olgan koʻrsatkichlar belgilanadi.

Bunda rivojlanishning asosiy yoʻnalish, maqsad va vazifalari, sifat va miqdor, ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish, ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish koʻzda tutiladi.

Avvalroq davlat byudjeti daromad prognozlarini hisoblash avtomatlashtirilishi xabar qilingandi. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar