Daryo

O‘zbekistonda qariyb ikki hafta pastlamagan dollar yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

1 daqiqa o‘qish8 578 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:

  • dollar 17,18 so‘mga ko‘tarilib, 12 320,34 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 106,50 so‘mga oshib, 14 614,39 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 0,40 so‘mga tushib, 159,36 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar 23,68 so‘mga ko‘tarilib, 12 303,16 so‘m bo‘lgandi. Dollar kursi 2025-yil sentabr oyidan beri birinchi marta 12 300 so‘mdan oshdi. Ushbu valyuta kursi 27-yanvardan buyon pastlamadi.

Oʻzbekistonda banklarga soʻmda depozit joylash hajmi bir yilda 44 foizga oʻsdi. Oʻtgan yili milliy valyuta qiymati keskin mustahkamlandi. Yana qator omillar soʻmga boʻlgan ishonchni oshirib, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasi pasayishiga olib kelgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar